Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish asoslari va huquqiy oqibatlari qanday?


Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish asoslari va huquqiy oqibatlari qanday?

Javob:

Sudya daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) nizo sudga taalluqli boʻlmasa;

2) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrimi yoxud fuqarolik ishlari boʻyicha sudning hal qiluv qarori yoki kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrimi boʻlsa;

3) iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;

4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

5) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim boʻlsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni koʻrib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.

Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, daʼvo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov