Янгиликлар
Iqtisodiy protsessda videokonferensaloqani qoʻllash tartibi qanday?
Iqtisodiy protsessda videokonferensaloqani qoʻllash tartibi qanday?
Javob:
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishga haqli.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida shaxslarning ishtirok etish huquqi haqida ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilib, ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarga hamda ularning bunday majlisda ishtirok etishiga koʻmaklashadigan tegishli sudga yuboriladi.
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisini oʻtkazishga koʻmaklashadigan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning vakillari vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnomalar, shuningdek sud majlisida taqdim etilgan dalillar ishni koʻrayotgan sudga yuborilishini taʼminlaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etish huquqi birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlarining sud majlisida amalga oshirilishi mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov