Янгиликлар
Iqtisodiy protsessida ish yuritishni tugatish asoslarini qanday?
Iqtisodiy protsessida ish yuritishni tugatish asoslarini qanday?
Javob:
Iqtisodiy protsessida ish yuritishni tugatish uchun asoslar boʻlib quyidagilan hisoblanishi mumkin: ish sudga taalluqli boʻlmasa, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud tomonidan chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etilgan hollar mustasno, hakamlik sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʻlsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijroga qaratish yuzasidan ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno, ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa, ishda taraf hisoblangan fuqaroning oʻlimidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa, daʼvogar daʼvosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan boʻlsa, kelishuv bitimi tuzilib, u sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, daʼvogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan boʻlsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qoʻllash imkoniyati boy berilgan boʻlsa, toʻplangan materiallar yoʻqotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli boʻlmasa.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov