Янгиликлар
Iqtisodiy protsessda prokuror ishtirok etadimi?
Iqtisodiy protsessda prokuror ishtirok etadimi?
Javob:
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlariga daʼvo arizasini (arizani) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining barcha iqtisodiy sudlariga daʼvo arizasi (ariza) taqdim etishga haqli. Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning daʼvo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni boʻyicha fikrini bayon etadi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir daʼvo arizasi (arizasi) boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar mustasno. Fuqaroning, yuridik shaxsning va davlatning manfaatlarini koʻzlab daʼvo arizasi (ariza) taqdim etgan prokuror daʼvogarning huquqlaridan foydalanadi va uning majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi mustasno.
Prokurorning oʻz daʼvo arizasidan (arizasidan) voz kechishi daʼvogarni (arizachini) ishni mazmunan koʻrib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi. Prokuror tomonidan daʼvogarning huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi daʼvo arizasini (arizani) koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov