Янгиликлар
Iqtisodiy protsesssida sud buyrugʻi chiqarish asoslari nimalardan iborat?
Iqtisodiy protsesssida sud buyrugʻi chiqarish asoslari nimalardan iborat?
Javob:
Sud buyrugʻi sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar:
soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa;
kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan boʻlsa;
hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa;
talab toʻlanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qoʻyilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan boʻlsa;
yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov