Янгиликлар
Iqtisodiy protsesssida sud buyrugʻi ustidan eʼtiroz bildirish va bekor qilish tartibini qanday?
Iqtisodiy protsesssida sud buyrugʻi ustidan eʼtiroz bildirish va bekor qilish tartibini qanday?
Javob:
Qarzdor kreditorning talablariga qarshi eʼtirozini sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaning koʻchirma nusxasi unga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Qarzdorning eʼtirozni belgilangan muddatda taqdim etmaganligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrugʻini berish uchun asos boʻladi. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizaga eʼtiroz qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan eʼtirozga ishonchnoma ilova qilinadi.
Agar qarzdor uzrli sabab bilan oʻz vaqtida kreditorning talabiga qarshi eʼtiroz bildirish imkoniyatiga ega boʻlmagan boʻlsa, sud buyrugʻining koʻchirma nusxasi olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda oʻsha sudga sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Sud bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi daʼvo ishini yuritish tartibida koʻrilishi mumkin.
Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida yoki bekor qilishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Sud buyrugʻini bekor qilish haqidagi yoki bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdor chaqirtirilmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan chiqariladi. Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov