Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari fuqarolik protsessual huquqining manbasi boʻlishi mumkinmi?


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari fuqarolik protsessual huquqining manbasi boʻlishi mumkinmi?

Javob:

Fuqarolik protsessual huquqining manbalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibini belgilovchi fuqarolik protsessual normalardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalar hisoblanadi. Huquqning manbasi deganda, umumiy maʼnoda huquqni ifoda etilish shakli tushuniladi.

Huquq normalarini sharhlash aktlarini quyidagi mezonlar boʻyicha tasniflash mumkin:

- huquq sohalari boʻyicha (konstitutsiyaviy-huquqiy, jinoyat huquqiy, maʼmuriy huquqiy);

- qabul qilgan subyektga koʻra (autentik, yaʼni huquq normasini qabul qilgan organning oʻzi tomonidan, legal, yaʼni vakolat berilgan subyekt tomonidan, masalan, jinoyat kodeksi normalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan sharhlanishi). Yaʼni Oliy sud Rlenumi tomonidan sudlarga qonun normalarini tushuntirish sifatida chiqariladi.

Sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi, yaʼni Plenumi qarorlari huquq manbasi hisoblanmaydi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov