Янгиликлар
Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish asoslari nimalardan iborat?
Sudyani va protsessning boshqa ishtirokchilarini rad qilish asoslari nimalardan iborat?
Javob:
Quyidagi hollarda sudya ishni koʻrishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) shu ish ilgari koʻrilganida sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasa;
2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
3) shu ish ilgari koʻrilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa;
5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi boʻlsa.
Rad qilish asoslari prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibiga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar ekspert, mutaxassis va tarjimon taraflar yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga xizmat yuzasidan yoxud boshqacha tarzda qaram boʻlsa, agar ekspert va mutaxassis ham taftish oʻtkazgan yoxud xulosa bergan boʻlib, ularning materiallari mazkur ishni qoʻzgʻatishga asos boʻlib xizmat qilgan boʻlsa, ularni rad qilish toʻgʻrisida ariza berilishi mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov