Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Sudyaning qasamyodi va qasamyod qilish tartibi qanday?


   Sudyaning qasamyodi va qasamyod qilish tartibi qanday?

Javob:

Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek begʻaraz, xolis va adolatli boʻlishga tantanali qasamyod qilaman”.

Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi oldida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻi oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladi. Sudyalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi rayosati majlisida qasamyod qiladi.

Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya oʻz vakolatlarini amalga oshirishga qasamyod qilganidan keyin kirishadi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov