Янгиликлар
Fuqarolik protsessida taraflar va ularning protsessual huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?
Fuqarolik protsessida taraflar va ularning protsessual huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?
Javob:
Daʼvogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir. Oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini koʻzlab ish qoʻzgʻatilgan shaxs daʼvogardir. Oʻziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar boʻyicha ariza bergan shaxs arizachidir.
Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar. Daʼvogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirishga, qoʻshimcha talablar taqdim etishga, daʼvo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan toʻliq yoki qisman voz kechishga haqli. Javobgar daʼvogarning talabini toʻliq yoki qisman tan olishga, qarshi daʼvo taqdim etishga haqli.
Daʼvo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov