Янгиликлар
Fuqarolik protsessida kim shartnoma boʻyicha vakil boʻlishi mumkin?
Fuqarolik protsessida kim shartnoma boʻyicha vakil boʻlishi mumkin?
Javob:
Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi. Tashkilotlar ishlarni oʻz rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi.
Ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudda ish yuritishni shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi.
Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkin:
1) advokatlar;
2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari;
3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha;
4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha;
5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari;
6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha;
7) ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan shaxslar.
Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov