Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolik protsessida ekspertiza utkazish mumkinmi?


Fuqarolik protsessida ekspertiza utkazish mumkinmi?

Javob:

Ish muhokamasi chogʻida kelib chiqqan, fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki oʻz tashabbusiga koʻra ekspertiza tayinlashi mumkin. Ekspertiza sudda oʻtkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni boʻlmasa yoki keltirish qiyin boʻlsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qanday masalalar boʻyicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza oʻtkazish kimga topshirilayotganligi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi. Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur boʻlgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga koʻra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov