Янгиликлар
Fuqarolik protsessida qoʻshimcha va qayta ekspertizalar qanday asoslarda oʻtkaziladi?
Fuqarolik protsessida qoʻshimcha va qayta ekspertizalar qanday asoslarda oʻtkaziladi?
Javob:
Qoʻshimcha ekspertiza ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasidagi boʻshliqlar oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa ekspert (ekspertlar komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi. Ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy ravishda buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Qayta ekspertiza tayinlanganda ekspert (ekspertlar komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin. Qayta ekspertizani tayinlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida qayta ekspertizani tayinlagan sudning birinchi (ilgarigi) ekspertiza xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari keltirilishi kerak. Qayta ekspertiza oʻtkazish boshqa ekspertga (ekspertlar komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (ilgarigi) ekspertizani oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) qayta ekspertiza oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirishlar oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov