Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolik protsessida kompleks ekspertiza qanday asoslarda oʻtkaziladi?


Fuqarolik protsessida kompleks ekspertiza qanday asoslarda oʻtkaziladi?

Javob:

Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni turli bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi. Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning oʻz tekshirishlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi. Umumiy fikrni (fikrlarni) olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar chiqaradi. Agar ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan faktlari ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak. Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi. Agar kompleks ekspertizani oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, u holda ushbu ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov