Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Sudda kimlar vakillik qilishi mumkin emas?


Sudda kimlar vakillik qilishi mumkin emas?

Javob:

Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:

1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;

2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;

3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno;

4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar;

5) shu nizo bilan bogʻliq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan oʻzaro rozilik boʻlgan hollar mustasno;

6) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov