Янгиликлар
Apellyatsiya instansiyasi va kassatsiya instansiya sudida ish koʻrish tatibi qanday?
Apellyatsiya instansiyasi va kassatsiya instansiya sudida ish koʻrish tatibi qanday?
Javob:
Apellyatsiya shikoyatlari (protestlari): tegishli tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlarining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan; Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari ustidan berilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
Sud ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni tekshirishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin. Apellyatsiya instansiyasining sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tekshirishi shart. Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrish chogʻida birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini va protsessual qonun talablariga rioya etilganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi. Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirishga va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas. Birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
Bekobod shahar Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.Toshpoʻlatov