Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Iqtisodiy protsessda sudyani rad qilish mumkinmi?


Iqtisodiy   protsessda   sudyani   rad   qilish mumkinmi?

Javob:

Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinadi, agar u:

1) mazkur ish ilgari koʻrilganda sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yoʻl qoʻyilmasa;

2) mazkur ish ilgari koʻrilganda unda hakamlik sudi sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa;

3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;

4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa;

5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibidagi sudyaning qarindoshi boʻlsa.

Bekobod shahar Adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti                                                                 B.Toshpoʻlatov