Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Avgust oyi uchun o‘qituvchilarga ustama to‘lanadimi?


Avgust oyi uchun o‘qituvchilarga ustama to‘lanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”nizom 21-bandiga asosan  umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizom 24-bandiga ko‘ra o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.

Shunga ko‘ra ustamalar o‘quv yili uchun beriladi. Demak, avgust oyi uchun xodimlarga yuqoridagi ustama berilmaydi.

 

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov