Янгиликлар
Erim bilan olgan uyimiz qaynonamning nomida, endi ulush talab qila olmaymanmi?
Erim bilan olgan uyimiz qaynonamning nomida, endi ulush talab qila olmaymanmi?
Aslo unday emas. Talab qilib olsangiz bo‘ladi, albatta. Nikoh davomida olingan mulkingiz kimning nomida bo‘lsa ham, sizniki, bemalol talab qilib olsangiz bo‘ladi
Fuqarolik kodeksining 124-moddasiga asosan, yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim) o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir.
Agar bitim boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan bo‘lsa (ko‘zbo‘yamachilik bitimi), taraflar haqiqatda nazarda tutgan bitimga doir qoidalar qo‘llaniladi.
Fuqarolik kodeksining 114-moddasiga ko‘ra, haqiqiy bo‘lmagan bitim uning haqiqiy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatlardan tashqari boshqa yuridik oqibatlarga olib kelmaydi va u tuzilgan paytidan boshlab haqiqiy emasdir.
Bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha (shu jumladan olingan narsa mol-mulkdan foydalanish, bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmat bilan ifodalanganda) qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov