Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

HAYDOVCHI RULDA KETAYOTGANDA TELEFONDA GAPLASHSA BO‘LADIMI?


HAYDOVCHI RULDA KETAYOTGANDA TELEFONDA GAPLASHSA BO‘LADIMI?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128 prim 1-moddasiga ko‘ra, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi ularga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari (1 020 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi deb ko‘rsatilgan.

E’tibor bering. 30.11.2021 yil kungi Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ–734-son Qonun bilan yuqoridagi kodeksning o‘sha 128 prim 1-moddasiga tegishli o‘zgartirish kiritilgan bo‘lib, unga ko‘ra, telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarni ishlatmasdan turib so‘zlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mumkinligi belgilandi.

Demak, haydovchi rulda ketayotganida telefondan qo‘li bilan ushlab foydalangan holda gaplashsa 1 020 000 so‘m jarima to‘laydi. Agar haydovchi telefondan quloqchindan foydalangan holda yoki boshqacha usulda gaplashsa unda jarima to‘lamaydi.

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov