Янгиликлар
Kimlar merosxo‘r bo‘ladi?
Kimlar merosxo‘r bo‘ladi?
Meros qoldiruvchining mulkini vasiyatnoma yoki qonun bo‘yicha qabul qilib olishga huquqi bo‘lgan shaxslar merosxo‘r hisoblanadi.
Mahrum vasiyatnomani qoldirgan bo‘lsa, vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxslar merosxo‘r hisoblanadi. Mol-mulkka nisbatan vasiyatnoma tuzilmagan bo‘lsa yoki u haqiqiy emas deb topilsa, mol-mulkni mahrumning qarindoshlari qabul qilib olishga haqli.
Vasiyat bo‘yicha merosxo‘rlar qarindoshligidan qat’iy nazar har qanday shaxs, shuningdek, yuridik shaxs, davlat yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lishlari mumkin.
Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar meros qoldiruvchining qon-qarindoshlari hisoblanadi. Ular qarindoshlik darajasiga qarab merosga chaqiriladi.
Merosxo‘rlar:
· meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar;
· meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari;
· meros ochilgan paytda mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lishi mumkin.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov