Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

KIMLARGA DAVLAT TOMONIDAN TEKINGA UY BERILADI?


KIMLARGA DAVLAT TOMONIDAN TEKINGA UY BERILADI?

Uy-joy kodeksi 19- moddasi va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan quyidagi holatlarda fuqarolarga Davlat tomonidan tekinga uy-joy beriladi:

turar joylari avariya holatida ekanligi yoki tabiiy ofatdan zarar ko‘rganligi belgilangan tartibda tan olingan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda;

fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni to‘lanmagan bo‘lsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralar qachon ajratilganidan qat’i nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 20 yanvardagi 18-son qaroriga 3-ILOVA “Uylarni va turar joylarni uy-joy fondidan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga ko‘ra rejadan tashqari ko‘riklar zilzilalar, sel toshqinlari, jalalar, dovulli shamollar, kuchli qor yog‘ishlari, suv toshqinlari va stixiyali tusdagi boshqa hodisalardan keyin va poydevorlar va elementlarning deformatsiyalanishi aniqlanganda majburiy tartibda o‘tkazilishi kerak.

Nizomning 5-bandiga ko‘ra uy yoki turar joy mulkdori arizasiga ko‘ra yoki uy-joylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqaruvchi tashkilotning yozma xabariga ko‘ra, shuningdek, mazkur Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan hollarda, uyning yoki turar joyning, kimga qarashliligidan qat’i nazar, texnik holatini aniqlash uchun tuman, shahar hokimi tomonidan komissiya tuziladi.

Nizmoning 7-bandiga ko‘ra komissiya uyni yoki turar joyni ko‘zdan kechirgandan va asboblar bilan tekshirgandan keyin avariya holatiga tushishi oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan uyni yoki turar joyni uy-joy fondidan chiqarish to‘g‘risida yozma xulosa beradi.

Endi qarang. Nizomning 8-bandiga ko‘ra komissiya xulosasiga muvofiq tuman, shahar hokimi yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud ushbu uylar yoki turar joylarni buzish to‘g‘risidagi tavsiyanoma bilan tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyat, Toshkent shahar hokimiga murojaat qiladi.

Ushbu Nizomning 9-bandiga asosan tuman, shahar hokimi tavsiyanomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar yoki turar joylarni boshqa maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash yoxud buzish to‘g‘risida qaror chiqariladi.

Diqqat qiling! Bunda turar joylari avariya holatida yoki tabiiy ofatlardan jabrlangan deb e’tirof etilgan fuqarolarga davlat tomonidan tekin uy-joy berish masalasi albatta hal qilingan bo‘lishi kerak.

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov