Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

MAKTABGA O‘QUVChI KECh QOLIB KELSA YoKI UMUMAN KELMASA O‘QITUVChI JAVOBGARMI?


MAKTABGA O‘QUVChI KECh QOLIB KELSA YoKI UMUMAN KELMASA O‘QITUVChI JAVOBGARMI?

Xalq ta’limi vazirligining 206-sonli buyrug‘ida o‘qituvchilarning o‘quvchilarni davomatini olib borish va elektron jurnaliga qayd etish shartligi keltirib o‘tilgan.

Demak, bu kabi holatda o‘quvchini sinfda bo‘lishini ta’minlash kabi majburiyati yo‘q.

Aslida bu holatda, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga asosan, agar o‘quvchi uzrsiz sababga ko‘ra darsga kech qolsa yoki umuman kelmasa, bu kabi holatda uning ota-onasi bazaviy hisoblash miqdorining(BHM) 1 baravaridan 5 baravarigacha, ya’ni 370 ming so‘mdan 1 mln 900 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi.

        Demak, bu kabi holatda o‘qituvchilarga hech qanday intizomiy jazo chorasi qo‘llanilmaydi.

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov