Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

MEROS QANDAY TAQSIMLANADI?


MEROS QANDAY TAQSIMLANADI?

Fuqarolik kodeksining 1134-moddasiga ko‘ra, Qonun bo‘yicha merosxo‘rlar vorislikka ushbu Kodeksning 1135–1141-moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida chaqiriladilar.

Qonun bo‘yicha vorislikda farzandlikka olingan shaxs va uning avlodlari, bir tarafdan, farzandlikka oluvchi shaxs va uning qarindoshlari, ikkinchi tarafdan, tug‘ishgan qarindoshlarga tenglashtiriladilar.

FKning 1135-moddasiga ko‘ra, Meros qoldiruvchining bolalari, (ya’ni otangiz, ammalaringiz), shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, eri (xotini- buvingiz(tirik bo‘lsa)) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar.

Ya’ni, 1135-moddada keltirilgan shaxslar: otangiz va ammalaringiz birinchi navbatdagi merosxo‘r hisoblanishadi va merosdan teng ulush olishlari kerak edi.

E’tibor bering: FKning 1140-moddasiga ko‘ra, Taqdim qilish huquqi bo‘yicha vorislik qonun bo‘yicha merosxo‘r meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda( ya’ni otangiz meros ishi qo‘zgatilguniga qadar vafot etganligi) unga tegishli ulush uning avlodlariga o‘tishini nazarda tutadi(ya’ni otangizga tegishli bo‘lgan merosdagi ulush sizlarga o‘tadi) bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun bo‘yicha merosxo‘r bilan bir xil darajada qarindosh bo‘lgan avlodlar o‘rtasida teng taqsimlanadi (ya’ni otangizga tegishli ulush, siz, opangiz va onangiz o‘rtangizda teng taqsimlanadi). Bola, nevara, chevara, evara merosxo‘rligida taqdim qilish huquqi qarindoshlik darajasi cheklanmagan holda amal qiladi.

Meros ishi ochish uchun meros obyekti joylashgan yerdagi notariusga ammalaringiz bilan borishlaringiz kerak. Agar ammalaringiz u uyni sizlarga bermoqchi bo‘lsa, shu notarius orqali merosdagi o‘z ulushlaridan voz kechishlari lozim. Shundagina, sizlar uyni o‘z nomingizga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingiz mumkin.

 

 

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov