Янгиликлар
NIKOH TUZISHDA FAMILIYA O‘ZGARTIRISH TARTIBI QANDAY⁉️
NIKOH TUZISHDA FAMILIYA O‘ZGARTIRISH TARTIBI QANDAY⁉️
Nikoh tuzilganligini qayd etishda nikohlanuvchi shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra ikkalasidan birining familiyasini umumiy familiya sifatida tanlashlari yoki o‘zlarining nikohgacha bo‘lgan familiyalarida qolishlari mumkin.
Nikohlanuvchilar familiyalarining qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan familiya (masalan, kuyov Axmedov kelin Shuxratova, shunda kuyov Axmedov-Shuxratov kelin Axmedova-Shuxratova bo‘ladi) umumiy familiya sifatida tanlanishi mumkin.
Nikohlanuvchilardan biri er yoki xotinning familiyasini qabul qilsa, u holda pasportini 1 oy ichida almashtirishi zarurligito‘g‘risida ogohlantiriladi va pasportga bu haqda belgi qo‘yiladi.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov