Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Nikohdan ajratish haqidagi arizaga qanday hujjatlar ilova qilinishi kerak?


Nikohdan ajratish haqidagi arizaga qanday hujjatlar ilova qilinishi kerak?

Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida plenum qarorining 10-bandiga asosan nikohdan ajratish haqidagi arizaga:

·        nikoh tuzilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;

·        bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxalari;

·        er-xotinning oylik maoshi va oʻzga daromadlari haqidagi (ixtiyoriy);

·        davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;

        daʻvo talablarini tasdiqlovchi dalillar, shuningdek nikohdan ajratish haqidagi nizo sudgacha hal qilinganligidan dalolat beruvchi daʻvogarning yashash joyidagi fuqarolar yigʻini yarashtirish komissiyasining xulosasi (agar komissiyaga murojaat qilingan boʻlsa).

 

Oqqoʻrgʻon tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov