Янгиликлар
O‘QITUVChI YILIGA FAQAT BIR MAROTABA RAG‘BATLANTIRILIShI OLADIMI?
O‘QITUVCHI YILIGA FAQAT BIR MAROTABA RAG‘BATLANTIRILISHI OLADIMI?
Qonunchilikda bunday qoida yo‘q. O‘qituvchi jamg‘arma mablag‘lariga qarab, yiliga bir necha marotaba mukofotlanishi mumkin.
Pedagog xodimlariga mukofotlar berish Vazirlar mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan tartibga solinadi.
O‘qituvchilar umumta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi va o‘z faoliyatida yuqori ko‘rsatkichlarga erishganligi uchun hamda respublikamizda nishonlanadigan bayram sanalari munosabati bilan kalendar yili davomida jami ikki lavozim maoshigacha miqdorda mukofot puli to‘lash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirilishi mumkin.
Ushbu to‘lovlar Jamg‘arma mablag‘lari doirasidan kelib chiqqan holda, yiliga bir necha marotaba amalga oshirilishi mumkin. Yoki, haqiqatdan, jamg‘armada pul bo‘lmasa yil davomida mukofot puli berilmasligi mumkin.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov