Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

O‘QITUVCHILARNING ISH VAQTI QANDAY HISOBLANADI


O‘QITUVCHILARNING ISH VAQTI QANDAY HISOBLANADI

 

Agar yuqori sinf o‘qituvchisining haftalik dars yuklamasi 20 soat qilib belgilangan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq, o‘qituvchining haftalik ish yuklamasi har bir o‘quv soatini 0,8 koeffitsientga ko‘paytirish natijasida 16 soat qo‘shish orqali 36 soat qilib belgilangan.

Shunga muvofiq o‘qituvchi daqiqa hisobida 900 yoki 15 (astronomik) soat o‘quvchilar bilan ishlasa, qolgan 21 soatni ish yuklamasida belgilangan boshqa vazifalar hamda maktab rahbariyati bergan topshiriqlarni bajarishga sarflashi lozim. Mehnat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga qirq soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

 

Shunday kelib chiqib, xodimni sakkiz soatdan ortiq ishlatish mumkin emas, Bu mehnatga majburlash hisoblanadi va aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan javobgarlikka tortiladi.

 

Albatta, ish hajmining ortishi yoki muhim topshiriqlar ijrosini kechiktirib bo‘lmasligini inobatga olib, ish beruvchi asosiy ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ish vaqtida ham xodimning roziligi bilan uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissa ish haqi to‘lanishi lozim. Bu vaqt qonun hujjatlariga muvofiq yiliga 120 soatdan oshmasligi kerak.

 

E’tibor bering. Mehnat kodeksining 183-moddasiga asosan yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.

 

❗️Maktab rahbarlari, ish vaqtining qisqartirilgan muddati qoidasiga rioya qiling.

 

Ish vaqti o‘qituvchilar uchun uchun yuqori sinflarda 6 soat, boshlang‘ich sinflarda 7.2 soatdan ortiq bo‘lmasligi qoidasini ham inobatga olib qo‘yinglar. Buning uchun ushbu ro‘yxat bilan tanishib chiqshingizni maslahat beramiz.

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov