Янгиликлар
O‘RINDOSHLIK ASOSIDA O‘TILGAN DARSLARGA HAM USTAMA HISOBLANADIMI⁉️
O‘RINDOSHLIK ASOSIDA O‘TILGAN DARSLARGA HAM USTAMA HISOBLANADIMI⁉️
"Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 1-bandiga ko‘ra: bazaviy tarif stavkasi ― bir stavka dars soati uchun o‘qituvchining ma’lumoti va malaka toifasiga ko‘ra belgilangan bazaviy haq miqdori ekanligi belgilanmoqda.
o‘qituvchining tarif stavkasi esa o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadigan miqdor hisoblanadi.
Mazkur Nizomning 23-bandiga asosan esa, ustamalarning ishchi guruh tomonidan belgilangan talablarga ko‘ra aniqlanishi va ustamalar miqdorlari o‘qituvchining tarif stavkasiga nisbatan hisoblangan holda to‘lanishi belgilangan.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov