Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

PENSIYANI BOSHQA SHAXSGA O‘TKAZISH MUMKINMI


PENSIYANI BOSHQA SHAXSGA O‘TKAZISH MUMKINMI

 

 

Assalomu alaykum,kechagi sizga bir savolim bilan murojaat qilgan edik,agarda oilada turmush oʻrtogʻi yaʼni er vafot etsa,uning nafaqa pulini ayolini nafaqa puliga alishtirsa boʻladimi,degan savol bergan edik.

Eriniki 1 700 000 ekan,

ayoliniki 1 100 000

Shunday qaror bor ekan, iltimos javobi tayyor boʻlgan boʻlsa maslahat bering,kimga uchraymiz?

Mumkin emas. Pensiya yoki nafaqalarni boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuning 63-moddasiga asosan pensioner olishi lozim bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi.

Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensionerning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining to‘rt barobari miqdorida dafn etish nafaqasi to‘lanadi.

Ko‘rsatib o‘tilgan pullar, ularni olish uchun pensioner vafot etganidan keyin oltmish kun ichida murojaat etilgan taqdirda to‘lanadi.

 

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov