Bog'lanish

Telefon
(+998 70) 201-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

QARZDOR BO‘LMASA HAM AVTOMOBILGA TAQIQ QO‘YILIShI MUMKINMI?


QARZDOR BO‘LMASA HAM AVTOMOBILGA TAQIQ QO‘YILIShI MUMKINMI?

Quyidagi hollarda avtomobilga ta’qiq qo‘yilishi mumkin:

        “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan avtomobil egasining qarzdorligi bo‘lgan holatda. Mulkdorning hech qanday qarzi bo‘lmagan holatda davlat ijrochisi tomonidan uning avtomobiliga taqiq qo‘yilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga asosanga binoan agarda mol-mulk (avtomobil) umumiy mulk obekti bo‘lsa, (er yoki hotinga ulushli mulk huquqi asosida tegishli bo‘lsa,) taraflardan birining iltimosiga binoan taqiq qo‘yilishi mumkin.

ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi taraflar o‘rtasidagi to‘lov majburiyatlarini keyinchalik, ya’ni bitimda ko‘rsatilgan ma’lum muddatda amalga oshirish sharti bilan boshqa shaxsga o‘tkazilganda, notarius tomonidan taraflar o‘rtasidagi to‘lov va boshqa majburiyatlar amalga oshirilgunga qadar bitimda ko‘rsatilgan muddatga ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi.

avtomobil garov bilan ta’minlangan majburiyatda garov narsasi bo‘lsa, bunday holatda ham avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishga taqiq qo‘yiladi. Lekin bunday holatlarning barchasida taqiqni notariuslar qo‘yishadi.

 

 

Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat

ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov