Янгиликлар
Sinfda davomat kam bo‘lsa, sinf rahbarlik to‘lovi ushlab qolinadimi?
Sinfda davomat kam bo‘lsa, sinf rahbarlik to‘lovi ushlab qolinadimi?
Bu holatda pedagogga sinf rahbarlik uchun qo‘shimcha to‘lovni ushlab qolish noqonuniy.
Birinchidan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 27.06.2023 yildagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining yo‘riqnomasiga muvofiq, sinf rahbari sinfdagi davomatni nazorat qilishi, bu haqida ota-onalar bilan bog‘lanib, kelmaganlik sabablarini aniqlashi va maktab rahbariyatiga axborot kiritishi kerak.
Ushbu buyruqning 1-ilovasi hamda Xalq ta’limi vazirligining 01.07.2021 yil 206-sonli buyrug‘iga asosan MMIBDO‘ning lavozim majburiyatlaridan biri bu sinf rahbarlarining faoliyatini tashkil etish, o‘quvchilarining davomatlarini nazorat qilish
Yuqoridagi qoidaning mazmuniga ko‘ra, sinfdagi davomadni ta’minlashga sinf rahbari javobgar emas. U davomadni o‘z vaqtida amalga oshirib, darsga kelmagan o‘quvchilar haqida yuqoridagi majburiyatini bajarishi kifoya.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov