Янгиликлар
SUBSIDIYA AJRATISH QACHON RAD QILINADI?
SUBSIDIYA AJRATISH QACHON RAD QILINADI?
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
· taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
· taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
· ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
· joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
· ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi belgilangan miqdordan kam yoki ko‘p bo‘lsa.
Qolgan xollarda arizani rad etish mumkin emas.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov