Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

BOGʻCHA PULINI TOʻLASHDAN OZOD BOʻLISH MUMKINMI⁉️


BOGʻCHA PULINI TOʻLASHDAN OZOD BOʻLISH MUMKINMI⁉️

Bogʻchada bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam taʼminlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi.

Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek oʻrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

Toʻlovdan ozod qilinadigan oila farzandlari roʻyxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomaga va tegishli bogʻcha ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.

Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati har oʻquv yilining 25-sentyabr kuniga qadar tasdiqlanadi.

Roʻyxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam taʼminlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.

Toʻlovdan ozod qilingan bolalarning bogʻchaga qatnashi toʻxtatilishi natijasida boʻshab qolgan oʻrinlar mazkur zahiradan toʻldirib boriladi.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov