Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Koʻpchilik qarz oluvchilarni qiziqtiradigan savol — kredit muddatidan oldin yopilganida sugʻurta pulini qaytarish mumkinmi?


Koʻpchilik qarz oluvchilarni qiziqtiradigan savol — kredit muddatidan oldin yopilganida sugʻurta pulini qaytarish mumkinmi?

Agar kreditni muddatidan oldin toʻliq yopsangiz, sugʻurta toʻlovining bir qismini qaytarib olish imkoniyati mavjud. Buning uchun, kredit yopilgandan soʻng, bank bilan maslahatlashing va sugʻurta shartnomasini diqqat bilan oʻrganib chiqing. Agar shartnomada kredit muddatidan oldin yopilganda sugʻurta qaytarilishi haqida band boʻlsa, sugʻurta uchun toʻlangan summaning bir qismi qaytariladi. Ammo, shartnomada bunday qaytarish koʻrsatilmagan boʻlsa, pulni qaytarib olish imkoni boʻlmasligi mumkin.

Misol uchun, agar avtokreditni bir yilda yopsangiz, 4 yillik sugʻurta toʻlovining faqat 1 yili foydalanilgan boʻladi va qolgan 3 yil uchun sugʻurta summasi qaytarilishi mumkin.

Fuqarolik kodeksining 948-moddasiga koʻra, agar sugʻurta hodisasi yuz berish ehtimoli yoʻqolsa yoki sugʻurta shartnomasi maqsadsiz boʻlsa, shartnoma muddatidan oldin bekor boʻladi. Bu holatda, sugʻurtalovchi kredit yopilgunga qadar foydalanilgan vaqtga mutanosib ravishda toʻlangan summani qaytarishi mumkin.

Demak, agar qarz oluvchi oʻz huquqlarini yaxshi bilsa va shartnomani toʻgʻri oʻrgansa, u muddatidan oldin yopilgan kredit uchun sugʻurtaning bir qismini qaytarib olishi mumkin.

 

 

Oqqoʻrgʻon tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuristkonsulti                                           M.Rahmonov