Янгиликлар
PUL MUKOFOTIDAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘LAYMANMI?
PUL MUKOFOTIDAN DAROMAD SOLIG‘I TO‘LAYMANMI?
Viloyat olimpiadasida g‘oliblik uchun olingan mukofat pulidan daromatd solig‘i olinadimi?
Soliq kodeksining 365-moddasiga ko‘ra soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq solish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur kodeksning 370 moddasiga asosan boshqa daromadlar jami daromadga kiradi.
Ushbu kodeksning 377-moddasi 1 qismi 3 bandiga binoan musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari soliq to‘lovchining boshqa daromadlariga kirishi keltirilgan.
Soliq kodeksining 378-moddasida soliq solinmaydigan daromadlar keltirilgan bo‘lib, unga binoan viloyat olimpiadasida g‘oliblik uchun olingan pul mukofoti daromad solig‘idan ozod etilmagan.
Shu sababli sizdan daromad solig‘i ushlab qolinishi asosli.
Oqqo’rg’on tumani Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti M.Rahmonov