Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Jinoyat ishtirokchilari kimlar?


                             Jinoyat ishtirokchilari kimlar?

Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.

Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.

Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.

Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi.

 

 

Ohangaron tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                        A. Sa’dullaev