Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish nima?


                Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish nima?

 

Shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish harakatlarini yoki jinoyat sodir etishga bevosita qaratilgan harakatlarni oxiriga yetkazish mumkinligini anglagan holda to‘xtatsa, shuningdek jinoiy oqibat kelib chiqishi mumkinligini anglagan holda, shunday oqibat kelib chiqishining oldini olsa, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish deb topiladi.

Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish javobgarlikni istisno qiladi.

Jinoyatni oxiriga yetkazishdan ixtiyoriy qaytgan shaxs, agar amalda sodir etgan qilmishida boshqa jinoyat tarkibining barcha alomatlari bo‘lsa, javobgarlikka tortiladi.

 

Ohangaron tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                        A. Sa’dullaev