Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi


   Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi

 

Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham ushbu jinoyat kodeksi maxsus qismining bajaruvchini javobgarlikka tortish belgilangan moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladilar.

Oldindan til biriktirgan guruh, jinoiy guruh va jinoiy uyushmaning tashkilotchilari hamda a’zolari tayyorgarlik ko‘rilishi yoki sodir etilishida o‘zlari qatnashgan barcha jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.

Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma tashkil etgan yoki ularga rahbarlik qilgan shaxslar shu guruh yoki uyushma sodir etgan barcha jinoyatlar uchun, basharti, bu jinoyatlar ularning jinoiy niyati bilan qamrab olingan bo‘lsa, javobgarlikka tortiladilar.

Boshqa ishtirokchilarning jinoiy niyati bilan qamrab olinmagan qilmish uchun uni sodir etgan shaxs javobgar bo‘ladi.

Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi jinoyatdan ixtiyoriy ravishda qaytib, jinoyatning oldini olish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan barcha choralarni o‘z vaqtida ko‘rganligi, jinoyatda ishtirokchilik uchun javobgarlikni istisno qiladi.

 

Ohangaron tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                        A. Sa’dullaev