Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili berish tartibi qanday?


I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun yillik mehnat ta’tili berish tartibi qanday?

 

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kundan iborat yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodimga nogironlik belgilanguniga qadar va belgilanganidan keyingi davrlarni yoxud mazkur xodimning nogironligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan olib tashlanguniga qadar bo‘lgan davrni va olib tashlanganidan keyingi davrni qamrab olsa, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi nogironlik belgilangan davrdagi va nogironlik yuzaga kelguniga qadar yoki nogironlik olib tashlanganidan keyingi ish davriga mutanosib ravishda hisoblanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Ohangaron tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i                        A. Sa’dullaev