Янгиликлар
Ish beruvchining xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi
Ish beruvchining xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi
Ish beruvchi qaysi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish niyatida bo‘lsa, o‘sha xodim ishdan bo‘shatiladigan xodimdir.
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoxud kasaba uyushmalari tegishli birlashmasiga xodimlarning ehtimol tutilgan ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida, kamida ikki oy oldin taqdim etadi va ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Ish beruvchi har bir xodimning kelgusida ishdan bo‘shatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning kasbi, mutaxassisligi, malakasini va mehnatiga haq to‘lash miqdorini ko‘rsatgan holda ikki oydan kechiktirmay «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat majmuasiga kiritish orqali mahalliy mehnat organi e’tiboriga ham yetkazishi shart.
Ohangaron tuman adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i: A.T.Sa’dullayev