Янгиликлар
Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kimlar?
Farzandlikka olishda ustunlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar kimlar?
Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega bo‘ladilar:
turar joyidan qat’i nazar farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;
farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs;
aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;
o‘gay ota va o‘gay ona;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.
Ohangaron tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i A. Sa’dullaev