Янгиликлар
Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonunchilikdagi_yangiliklar
“Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–137-son, 21.02.2022 y.) qabul qilindi
Qarorga muvofiq, avtomobillar olib kirishda bojxona to‘lovlari stavkalari pasaytirilishi belgilandi.
Shunga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvargacha bojlar ikki yoki undan ortiq baravarga qisqartirildi.
Bunda avtomobil dvigateli quvvati bo‘yicha qo‘shimcha koeffitsient miqdori ham qisqartirildi.
Shuningdek, avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsientlar 2023 yil 1 yanvardan ikki baravarga pasaytirildi.
Bojlar O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tish davrida ishlab chiqarilganiga faqat 1 yildan oshmaydigan yangi transport vositalariga nisbatan qo‘llanildi (ilgari 3 yildan ko‘p bo‘lmagan).
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xixmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti To’ramurod Chegaboyev