Янгиликлар
Yangi “inomarka”lar uchun bojxona boji pasaytirildi
Yangi “inomarka”lar uchun bojxona boji pasaytirildi
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonga avtomobillar import qilishda bojxona to‘lovlari 2 bosqichda kamaytiriladigan bo‘ldi:
Bugundan e'tiboran boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi;
2023 yil 1 yanvardan boshlab esa avtomobil dvigateli quvvatining har bir kub sm uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsientlar ham ikki barobarga kamaytirilai.
Bojxona bojlarining pasaytirilishi faqat yangi, ya'ni “yoshga to‘lmagan” (ishlab chiqarilgan sanasidan O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tgan kungacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan) avtotransport vositalariga taalluqli. Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshgan avtomobillar importi uchun 40 foizlik bojxona boji va qo‘shimcha koeffitsientlar hisoblanai.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xixmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti To’ramurod Chegaboyev