Янгиликлар
Bilsizmi?
Bilsizmi?
Ko‘chmanchi sport...
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon eng ko‘p tuzilmaviy o‘zgarishlarni boshidan kechirgan soha, menimcha, bu so‘zsiz — sport sohasi bo‘lsa kerak. Hali uyoqqa, hali buyoqqa, hali qo‘mita, hali vazirlik, hali qo‘shilgan, hali ajralgan, xullas shu sohaning tayini yo‘q.
Keling, sport sohasidagi davlat boshqaruvi tarixiga qaraymiz.
Mustaqillikning ilk yillarida tizim Fizkultura va sport davlat komiteti tomonidan boshqarilgan.
1992 yil 14 yanvar. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi deb qayta nomlandi (Asos)
2004 yil 27 sentyabr. Madaniyat ishlari vazirligi hamda sport sohasi birlashtirilib, Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil qilindi (Asos)
2017 yil 15 fevral. Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratilib, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilindi (Asos)
2018 yil 5 mart. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil qilindi (Asos)
2021 yil 6 aprel. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birlashtirilib, yangi Turizm va sport vazirligi tashkil etildi (Asos)
2022 yil 18 fevral. Turizm va sport vazirligi yana ikkiga ajratilib, Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tashkil etildi (Asos)
Ko‘rib turganingizdek, birgina so‘nggi 5 yilda sport boshqaruvi 4 marta (!) o‘zgardi. Qo‘mita bo‘ldi, vazirlik bo‘ldi, birlashtirildi, ajratildi. Xodimlarning asosiy umri va kuchi ham faqat mana shunaqa qayta tashkil qilishlaru, qog‘ozbozligu, byurokratiyada o‘tib ketyapti, shekilli. Tag‘in hayron bo‘lamiz, nega sport bizda uncha rivojlanmayapti deb.
Qiziq, keyingi o‘zgarish nima bo‘larkin-a? Menimcha, yana biror vazirlik bilan qo‘shvorishadi. Masalan, Yoshlar va sport vazirligi yoki Ta'lim va sport vazirligi. E, yana kim bilsin, balki Qishloq xo‘jaligi va sport vazirligi bo‘lib ketar. Bilib bo‘ladimi.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xixmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti To’ramurod Chegaboyev