Янгиликлар
Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirishning shakllariga yo'naltirish va ularning hisobini yuritish tartibiga muvofiq hisobga olingan quyidagilar farzandlikka olinadi:

ota-onasi vafot etgan;
ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;
ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan;
ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;
ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;
ota-onasi bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bolalar.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi Sh.I.Suleymanov