Янгиликлар
Haydovchiga transportni mast holatda boshqarish taqiqlanadi
Haydovchiga transportni mast holatda boshqarish taqiqlanadi
Haydovchiga transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish taqiqlanadi.
Bunda haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta'siridan yoki o'zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMining 25 baravari (9 mln 375 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi Sh.I.Suleymanov