Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Dekabr oyida ishga qabul qilingan xodim, 2024 yil iyun oyida o‘sha yil uchun mehnat ta’tilida bo‘lgan, lekin 2025 yil yanvar oyida joriy yil uchun mehnat ta’tiliga chiqa oladimi?


Dekabr oyida ishga qabul qilingan xodim, 2024 yil iyun oyida o‘sha yil uchun mehnat ta’tilida bo‘lgan, lekin 2025 yil yanvar oyida joriy yil uchun mehnat ta’tiliga chiqa oladimi?

Javob

Mehnat kodeksining 227-moddasiga asosan, birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ishga qabul qilinganidan keyin uzluksiz olti oy ishlaganidan so‘ng yuzaga keladi. Agar xodim dekabr oyida ishga qabul qilingan bo‘lsa, u 2025 yilning iyun oyigacha olti oy ishlagan bo‘ladi, bu esa uning 2024 yil uchun ta’til olish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

 Mehnat kodeksining 230-moddasiga asosan, har yilgi mehnat ta’tili har yilgi ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. Ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida o‘n ikki oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi (Mehnat kodeksi 225-modda).

 Mehnat kodeksining 228-moddasiga binoan, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

Shundan kelib chiqib, xodim 2025 yilning yanvar oyida 2025 yil uchun ta’tilga chiqishi mumkin. Chunki u mehnat shartnomasida belgilangan ish yilini to‘ldirgan (dekabr oyida ishga kirgan) va shu sababli 2025 yil uchun ta’til olish huquqiga ega.

 Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Boshlig‘i 2-darajali adliya maslahatchisi                  Sh.I.Suleymanov