Янгиликлар
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki nimadan iborat?
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ishtiroki nimadan iborat?
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uy-joy munosabatlarini tartibga solish sohasida:
fuqarolarga uy-joy fondidan foydalanishda hamda uning saqlanishini taʼminlashda koʻmaklashadi;
kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Parkent tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi S.R.Xasanboyev