Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Uy-joy fondining qanday turlari mavjud?


Uy-joy fondining qanday turlari mavjud?

Uy-joy fondi xususiy va davlat uy-joy fondlaridan iboratdir.

Xususiy uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:

fuqarolar mulki boʻlgan uy-joy fondi (yakka tartibda qurilgan uylar, xususiylashtirilgan, qurilgan hamda olingan kvartiralar va uylar, uy-joy qurish hamda uy-joy kooperativlariga qarashli uylardagi pay badallari toʻliq toʻlangan kvartiralar, fuqarolar tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda mulk qilib olingan kvartiralar va uylar);

xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari hamda boshqa nodavlat yuridik shaxslarning mulki boʻlgan va ularning mablagʻlari hisobidan qurilgan yoki auksionda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarda olingan uy-joy fondi.

Davlat uy-joy fondiga quyidagilar kiradi:

mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy byudjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan munitsipal uy-joy fondi;

davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan idoraviy uy-joy fondi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi.

 

Parkent tumani adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                              S.R.Xasanboyev